BOLALARDA SARATON KASALLIKLARINING KECHISHIDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH
Keywords:
bolalarda saraton, psixologik yordam, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, emotsional holat, stress, xavotir, ijtimoiy moslashuv, individual ta‘lim, ota-onalar bilan ishlash, reabilitatsiyaAbstract
Ushbu ish bolalarda saraton kasalliklarining kechishida pedagogik-psixologik yordam ko‘rsatish masalalariga bag‗ishlangan. Tadqiqotda saraton bilan kasallangan bolalarning psixologik holati, emotsional kechinmalari hamda ijtimoiy moslashuv muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, davolash jarayonida yuzaga keladigan qo‘rquv, xavotir va stress holatlarini kamaytirishda psixologik yordamning o‘rni yoritib beriladi.
Ishda pedagogik yondashuv asosida bolaning ta‘lim jarayonini davom ettirish, individual o‘quv dasturlarini tashkil etish va ijtimoiy muhitga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ota-onalar bilan ishlash, ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash va bola bilan samarali muloqot o‘rnatish yo‘llari tahlil etiladi.
References
1. G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. – Toshkent: o‘qituvchi, 2010.
2. Nishanova Z.T., Alimuhamedov N.I. Psixologiya va pedagogika asoslari. – Toshkent, 2013.
3. Davletshin M.G. Yosh va pedagogik psixologiya. – Toshkent, 2004.
4. World Health Organization (WHO). Cancer in children: facts and figures. – Geneva, 2020.
5. Lev Vygotsky. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Harvard University Press, 1978.
6. Jean Piaget. The Psychology of the Child. – Basic Books, 1969.
7. Abraham Maslow. Motivation and Personality. – Harper & Row, 1954.
8. Karimova, M. Bolalar psixologiyasida pedagogik yondashuvlar. Toshkent: Fan va Ta‘lim nashriyoti.