O‘ZBEK TILIDA DIGITAL TERMINOLOGIYANING YETISHMASLIGI MUAMMOSI
Keywords:
o‘zbek tili, digital terminologiya, raqamli kommunikatsiya, termin yetishmasligi, inglizcha o‘zlashmalar, transliteratsiya, kalkalash, leksik-semantik xususiyatlar, til normasi, standartlashuv, termin yaratish, lingvistik muammo, zamonaviy leksikaAbstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilida raqamli texnologiyalar sohasiga oid terminologiyaning yetishmasligi muammosi tahlil qilinadi. Tadqiqotda digital kommunikatsiya jarayonida keng qo‘llanilayotgan inglizcha terminlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi, ularning mos muqobillari yetarli darajada shakllanmaganligi va bu holatning til tizimiga ta’siri o‘rganiladi. Xususan, terminlarning o‘zlashuvi, transliteratsiya va kalkalash jarayonlari hamda ularning leksik-semantik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘zbek tilida yagona va standart terminologik bazaning mavjud emasligi, bu esa nutqda noaniqlik va turli variantlarning parallel qo‘llanishiga olib kelayotgani asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida o‘zbek digital terminologiyasini tizimlashtirish, milliy muqobillarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etish zarurligi xulosa qilinadi.
References
1. Crystal D. Language and the Internet. Cambridge Press 2006. b.272
2. Baron N. Always On: Language in an Online and Mobile World. Oxford University Press 2008. b.47
3. Danet B., Herring S. C. The Multilingual Internet: Language, Culture, and Communication Online. Oxford University Press 2007. b.114
4. Herring S. C. Computer-Mediated Communication: Linguistic, Social and Cross-Cultural Perspectives. John Benjamins 1996. b.74
5. Yule G. The Study of Language. Cambridge University Press 2010. b.87