IJTIMOIY KASALLIKLAR PROFILAKTIKASIDA OILAVIY POLIKLINIKALAR BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Farg'ona vodiysi o'zining yuqori aholi zichligi, hududiy xilma-xilligi va ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi bilan ajralib turadi: yirik shahar, kichik shahar, qishloq va tog'oldi hududlarida oilaviy poliklinikalarning moddiy-texnik, kadrlar va moliyaviy imkoniyatlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Ushbu hududiy tafovutlar oilaviy poliklinikalarning boshqaruv tizimiga, demak, ular ko'rsatadigan profilaktik xizmatlar sifati va qamroviga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi.Abstract
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining "Hamma uchun sog'liq" strategiyasiga ko'ra, oilaviy poliklinikalar birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining tayanch bo'g'ini hisoblanadi va aholi salomatligini muhofaza qilishning barcha yo'nalishlari, jumladan ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar profilaktikasi, aynan shu bo'g'in orqali amalga oshiriladi. Sil, virusli gepatitlar, OIV/OITS va jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalar kabi ijtimoiy kasalliklar hozirgi kunda ham jahon, ham milliy miqyosda sog'liqni saqlash tizimining eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda, ularning oldini olish esa bevosita birlamchi bo'g'inning tashkiliy-boshqaruv salohiyatiga bog'liq.
References
1. Тошпўлатов Ш.А. va boshq. Oilaviy poliklinikalar boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari // Jamoat salomatligi jurnali. — Toshkent, 2023. — №4. — B. 45–52.
2. Rakhimova N. Regional disparities in primary healthcare management in Uzbekistan // Central Asian Journal of Public Health. — 2022. — Vol. 8, No. 2. — P. 112–119.
3. Kruk M.E., Gage A.D., Arsenault C. et al. High-quality health systems in the Sustainable Development Goals era: time for a revolution // The Lancet Global Health. — 2018. — Vol. 6, No. 11. — P. e1196–e1252.
4. World Health Organization Regional Office for Europe. Strengthening people-centred health systems: primary health care policy brief. — Copenhagen: WHO/Europe, 2022. — 34 p.
5. Farg'ona viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi. 2018–2023 yillar uchun epidemiologik monitoring hisobotlari. — Farg'ona, 2023.