QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER FONDINI RAQAMLASHTIRISH (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)
Keywords:
yer fondi, qishloq xo‘jaligi yerlari, raqamlashtirish, yer kadastri, UZKAD, Yerelektron, E-Yer nazorat, elektron auksion, GIS, yer monitoringi, Toshkent viloyati, tuproq boniteti, yer hisobi.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida, xususan Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer fondini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamli hisobga olish, elektron xaritalashtirish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, “UZKAD”, “Yerelektron”, “E-Yer nazorat” kabi axborot tizimlaridan foydalanish, elektron onlayn auksionlar orqali yerlarni ijaraga berish hamda yer nazoratini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatining hududiy xususiyatlari, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda uchrayotgan muammolar va raqamlashtirishning ularni hal etishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
References
1. “Yer resurslarini raqamlashtirish – ochiqlik va samaradorlik sari muhim qadam”; https://gov.uz/; 19.05.2026;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarori – “Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmoni – “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”;
4. “Hududlarda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda” https://gov.uz/; 05.05.2026;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi
PF-173-son Farmoni – “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”;
6. A.R.Babajanov, S.B.Ro‘ziboev, B.X.Majitov, “Yerdan foydalanish asoslari” O‘quv qo‘llanma.T.: TIQXMMI, 2018;
7. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – Lex.uz.