BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARINING O‘RNI

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARINING O‘RNI

Authors

  • Naurizbayeva Shiyrin

Keywords:

bo‘lajak pedagog, kasbiy kompetentlik, axborot-kutubxona resurslari, elektron kutubxona, raqamli ta’lim, axborot kompetensiyasi, mustaqil ta’lim, kasbiy tayyorgarlik.

Abstract

Mazkur tezisda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogdan nafaqat nazariy bilimlarga, balki axborotni izlash, tahlil qilish, saralash, undan ta’limiy va kasbiy faoliyatda samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etiladi. Axborot-kutubxona resurslari bo‘lajak pedagoglarning mustaqil ta’lim olishi, ilmiy izlanish olib borishi, kasbiy bilimlarini boyitishi hamda axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi. Tezisda elektron kutubxonalar, raqamli ma’lumotlar bazalari, elektron darsliklar va ilmiy adabiyotlardan foydalanishning bo‘lajak pedagoglar kasbiy tayyorgarligiga ta’siri tahlil qilinadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi. “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2011.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

Downloads

Published

2026-10-06
Loading...