MUMTOZ MUSIQA ASARLARI RITMIK XUSUSIYATLARIDA DOYRA USULLARI IJRO IMKONIYATLARINING O’RNI VA AHAMIYATI (MAQOMLARNING CHOLG’U BO’LIMI TAHLILI MISOLIDA)

MUMTOZ MUSIQA ASARLARI RITMIK XUSUSIYATLARIDA DOYRA USULLARI IJRO IMKONIYATLARINING O’RNI VA AHAMIYATI (MAQOMLARNING CHOLG’U BO’LIMI TAHLILI MISOLIDA)

Authors

  • Xaytqulov Muzaffar Sattorovich Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi.

Keywords:

Gardun, Muxammas, Saqil, Samoiylar, Hafif, Ramal, Xazaj, Du-yak, Ufar, Foxtiy, Turk, Avsat, Chorzarb, Zarbul-Futh, Durafshon, Samoiy.

Abstract

Mumtoz musiqa asarlari, xususan maqomlardagi asosiy kuy mavzui ko‘pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllarga tushiriladi. (Cholg‘u yo‘llarda kuy mavzui o‘zgaruvchandir). Ularga yangi-yangi melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo‘li takomillashtiriladi, ularning ta’sir kuchi ortib boradi. Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas, Saqil yo‘llari birin-ketin ijro etilar ekan, ulardagi lad asosi va kuy mavzuining yaqin bo‘lgani, kuy jumlalarining rang-barang, ohangdorligi va yoqimliligi hamda doyra usullarining turli-tumanligi bilan butunlay sezilmay qoladi; bunda ijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan yaratgan maqom yo‘llarining originalligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Har bir maqomdagi cholg‘u yo‘llari kishida xushchaqchaqlik, g‘amginlik yoki jasoratbaxsh kayfiyatlar qo‘zg‘ata oladi. O‘n ikki maqom haqida musiqa risolalarida aytilgan fikrlar Shashmaqom yo‘llariga ham mos keladi. Shashmaqom – O‘n ikki maqom tizimidagi sho‘’balar birikmasi ekan, olti maqom yo‘llarining ruhiy ta’sir kuchi turli-tuman bo‘lishi tabiiydir. Chunki har bir maqomda kuy mavzui, lad qiyofasi, doyra usuli turlicha bo‘lgan kuy va ashulalar mujassamlangan.

References

1. Sh. Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz” T: O’zbekiston , 2017;

2. H. Zaripov tomonidan yozib olingan va “O’zbek fol’klori” xristomatiyasiga kiritilgan “Nomoz o’g’ri” dostoni . 1939 yil.

3. D ANNAKULOVA HISTORICAL FORMATION OF SAMARKAND SCHOOL OF EPIK AND THE ROLE OF BAKHSHI PERFORMANCE TRADITIONS In Volume 3 Issue 03of International Bulletin of Engineering and Technology ISSN: 2770-9124 18.03. 2023.

4. Annakulova Dildora Baymuratovna. (2024). SAMARQAND DOSTONCHILIK MAKTABINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA BAXSHI IJROCHILIGI AN'NALARINING TUTGAN O'RNI. "MUSIQА TА'LIMI VА SАN'АTINING BUGUNGI GLOBАLLАSHUV SHАROITDА MILLIY-IJTIMOIY АHАMIYATI: MUАMMO VА YECHIMLАR" (ASR), Tashkent, Uzbekistan. Academic Scientific Research Group. https://doi.org/10.5281/zenodo.14468858

5. Konurova Leyla Ruslanovna. THE INFLUENCE OF TRADITIONAL AND NON-TRADITIONAL MUSICAL AND PLAY ACTIVITIES ON CHILDREN’S DEVELOPMENT. (2025). World Bulletin of Social Sciences, 44, 53-56. https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/5097

6. Xaytqulov M Qadimgi kuylarning takomillashuvida ritm va usul masalalari. Modern education and development.2025.

Downloads

Published

2026-05-17
Loading...