JAMILA ERGASHEVANING “DEVOR” HIKOYASIDA BADIIY DETALNING QO‘LLANISHI
Abstract
Mazkur maqolada Jamila Ergashevaning “Devor” hikoyasida badiiy detalning qo‘llanishi va uning asar poetikasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Hikoyadagi devor, hovli, yomg‘ir, suv, anor daraxti, qirchumoli hamda beshik kabi detallarning ramziy va estetik funksiyalari ochib beriladi. Muallif tomonidan qo‘llangan predmet detallari qahramonlarning ruhiy holatini, ichki kechinmalarini hamda ular orasidagi ziddiyatlarni yoritishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgani ilmiy asosda izohlanadi. Tadqiqot davomida badiiy detalning qahramon xarakterini ochishdagi o‘rni, konfliktni kuchaytirishdagi ahamiyati hamda asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini boyitishdagi funksiyasi yoritilgan. Shuningdek, hikoyadagi “devor” detalining oddiy predmetdan ramziy obraz darajasiga ko‘tarilgani va insonlar qalbidagi begonalashuv hamda mehrning yemirilishini ifodalashi tahlil etiladi.
References
1. Qo‘shjonov M. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
2. Karimov N. Badiiy adabiyot va tahlil masalalari. – Toshkent: Fan, 2001.
3. Solijonov Y. Badiiy asar poetikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010.
4. Umurov H. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: Sharq, 2002.
5. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
6. Rasulov A. Badiiylik mezonlari. – Toshkent: Fan, 2011.
7. Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent: Sharq, 2007.
Boltaboyev H. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013.