BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetentlik, axborot-kutubxona resurslari, axborot savodxonligi, mustaqil ta’lim, raqamli resurslar, pedagogik faoliyat, kasbiy rivojlanish.Abstract
Mazkur tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogning kasbiy faoliyati nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki axborotni izlash, tanlash, tahlil qilish, baholash va undan amaliy faoliyatda samarali foydalanish qobiliyatini ham talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, axborot-kutubxona resurslari bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’lim olishi, ilmiy izlanishi, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishi va kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim vosita sifatida qaraladi. Maqolada axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishning mazmuni, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligining asosiy tarkibiy jihatlari hamda ushbu resurslardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish shartlari tahlil qilinadi.
References
1. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H., Matnazarova K.O. Umumiy pedagogika. - Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2020.
2. Seifert K., Sutton R. Educational Psychology. Second Edition. University of Manitoba, 2009.
3. Arduini-Van Hoose N. Educational Psychology. SUNY Create, 2020