KIYIM DIZAYNIDA EKO DIZAYN VA AYLANMA IQTISODIYOT: TO‘QIMACHILIK CHIQINDILARINI INNOVATSION USULLAR ORQALI QAYTA FOYDALANISH.
Keywords:
eko dizayn, aylanma iqtisodiyot, kiyim dizayni, to‘qimachilik chiqindilari, barqaror moda, upcycling, zero-waste design, patchwork, raqamli andazalash, resurs tejamkorligi, qayta foydalanish.Abstract
Mazkur maqolada kiyim dizaynida ekologik loyihalash va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini qo‘llash orqali to‘qimachilik chiqindilaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganiladi. To‘qimachilik sanoatida mato qoldiqlarining hosil bo‘lishi, kiyimlarning foydalanish muddatini uzaytirish, materiallarni qayta ishlatish va ishlab chiqarish jarayonida resurs sarfini kamaytirish muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda upcycling, zero-waste design, patchwork, modulli kiyim loyihalash va raqamli andazalash kabi innovatsion yondashuvlarning imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, kiyim ishlab chiqarishda material sarfi va bichish chiqindilarini baholashga mo‘ljallangan hisoblash metodikasi taklif etiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati mato qoldiqlarini yangi kiyim modellari yaratishda qo‘llash, materiallardan foydalanish samaradorligini oshirish va ekologik loyihalash tamoyillarini tikuvchilik korxonalariga tatbiq etish imkoniyatlari bilan belgilanadi. O‘zbekistonning to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida mahalliy mato qoldiqlaridan foydalanish, milliy dizayn an’analarini barqaror moda bilan uyg‘unlashtirish hamda resurs tejamkor ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
References
1. Fletcher K. Sustainable Fashion and Textiles: Design Journeys. 2nd ed. Routledge, 2014.
2. Gwilt A. A Practical Guide to Sustainable Fashion. 2nd ed. Bloomsbury Academic, 2020.
3. McDonough W., Braungart M. Cradle to Cradle: Remaking the Way We Make Things. North Point Press, 2002.
4. Ellen MacArthur Foundation. A New Textiles Economy: Redesigning Fashion’s Future. 2017.
5. Niinimäki K. (ed.). Sustainable Fashion in a Circular Economy. Aalto ARTS Books, 2018.