SELEN TANQISLIGI SHAROITIDA 6 OYLIK KALAMUSHLAR BUYRAKLARINING MORFOLOGIK TAVSIFI VA MORFOMETRIYASI

SELEN TANQISLIGI SHAROITIDA 6 OYLIK KALAMUSHLAR BUYRAKLARINING MORFOLOGIK TAVSIFI VA MORFOMETRIYASI

Authors

  • R.R.Baymuradov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti

Keywords:

Tadqiqotning maqsadi uch oy davom etgan selen yetishmovchiligi sharoitida saqlangan 6 oylik tajriba kalamushlarida buyrak to‘qimasida yuzaga keladigan morfologik, morfometrik va mikrotsirkulyator o‘zgarishlarni kompleks o‘rganish hamda oksidativ-distrofik jarayonlarning kanalcha-interstitsial va koptokcha apparatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.

Abstract

Ushbu tadqiqotda uch oy davom etgan selen yetishmovchiligi sharoitida saqlangan 6 oylik tajriba kalamushlari buyraklarida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, buyrak to‘qimasida asosan naycha apparati va mikrotsirkulyator o‘zan zararlanishi bilan kechuvchi oksidativ-distrofik o‘zgarishlar aniqlanib, epiteliy balandligining pasayishi, naycha bo‘shliqlarining kengayishi, endotelial disfunktsiya va erta interstitsial fibroz belgilari qayd etildi. Shu bilan birga, koptokcha apparatida Bouman bo‘shlig‘ining kengayishi va filtratsion to‘siq funksiyasining buzilishi kuzatildi. Olingan natijalar selen yetishmovchiligi sharoitida buyraklarda kanalcha-interstitsial remodellanish jarayonlari ustunligini hamda oksidativ stressning yetakchi patogenetik rol o‘ynashini ko‘rsatdi.

Downloads

Published

2026-05-09
Loading...