YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
yoshlar tadbirkorligi, startap, innovatsiya, biznes muhiti, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, bandlik, iqtisodiy faollik.Abstract
Ushbu maqolada yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishning dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha samarali yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat. Maqolada qiyosiy tahlil, statistik maʼlumotlar tahlili va tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan. Natijada yoshlarning biznesga kirishishida moliyaviy, institutsional va psixologik toʻsiqlar mavjudligi aniqlangan. Muallif tomonidan innovatsion qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, startap infratuzilmasini rivojlantirish hamda taʼlim tizimida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Maqolaning ilmiy yangiligi – yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilishda kompleks yondashuv mexanizmini taklif etish bilan izohlanadi.
References
1. Akhtar, N., Syakir Ishak, M. I., Bhawani, S. A., & Umar, K. (2021). Various natural and anthropogenic factors responsible for water quality degradation: A review. Water, 13(19), 2660–2670.