CHINOZ TUMANIDAGI SUV FONDI YERLARINING TURLARI, MAYDONI VA HOLATI
Keywords:
suv fondi yerlari, Chinoz tumani, Chirchiq daryosi, Do‘stlik massivi, sug‘oriladigan yerlar, yer monitoringi, HydroGIS, suvni muhofaza qilish zonasi.Abstract
Maqolada Toshkent viloyati, xususan, Chinoz tumanidagi suv fondi yerlarining turlari, maydoni va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati yoritilgan. Chirchiq daryosi bo‘yicha loyiha hujjatlari va Do‘stlik 1-uchastkasida o‘tkazilgan yo‘qlama ma’lumotlari tahlil qilingan. Chirchiq daryosi o‘zani va unga tutash hududlarning umumiy maydoni 9 712,40 gektar bo‘lib, shundan 2 953,38 gektari suv osti yerlari, 6 759,02 gektari suvni muhofaza qilish zonasidir. Do‘stlik 1-uchastkasida suv havzalari, ariq va zovurlar jami 51,19 gektarni yoki hududning taxminan 3,48 foizini egallaydi. Suv fondi yerlarini xatlovdan o‘tkazish, chegaralarini aniqlash, kadastr ma’lumotlarini yangilash va HydroGIS xaritasidan foydalanishning ahamiyati bayon etilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi Qonuni.
4. “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Toshvilyerloyiha” bo‘linmasi. Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonalarini, shu jumladan sohilbo‘yi mintaqalarini belgilash loyiha hujjatlari. 2024-yil.
5. Chinoz tumanining Do‘stlik 1-uchastkasida o‘tkazilgan yo‘qlama ma’lumotlari.