TRANSCHEGARAVIY QO‘SHILISH VA SOTIB OLISHNING HUQUQIY JIHATLARI: XALQARO UYG'UNLASHTIRISH VA QONUNLARNING ZIDDIYATLARINI O‘RGANISH
Keywords:
transchegaraviy qo‘shilish va sotib olish, xalqaro korporativ huquq, xalqaro xususiy huquq, qonunlar ziddiyati, huquqiy uyg‘unlashtirish, xalqaro investitsiyalar, transmilliy korporatsiyalar, korporativ boshqaruv, investitsiya huquqi, xalqaro arbitraj, antimonopol nazorat, yurisdiksiya, qo‘llaniladigan huquq, iqtisodiy xavfsizlik, investorlar huquqlari, globallashuv, xalqaro integratsiya.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada transchegaraviy qo‘shilish va sotib olish (Cross-Border Mergers and Acquisitions - M&A) munosabatlarining xalqaro-huquqiy jihatlari, ularni tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari hamda turli yurisdiksiyalar o‘rtasida yuzaga keladigan qonunlar ziddiyatining nazariy va amaliy muammolari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xalqaro korporativ huquq, investitsiya huquqi va xalqaro xususiy huquq doirasidagi ilmiy yondashuvlar o‘rganilib, transchegaraviy M&A operatsiyalarida qo‘llaniladigan huquqni aniqlash, yurisdiksiya masalalari, aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish, antimonopol nazorat hamda xalqaro arbitraj institutlarining o‘rni yoritilgan.
Maqolada Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinib, xalqaro uyg‘unlashtirish mexanizmlarining samaradorligi baholangan. Shuningdek, globallashuv sharoitida davlat iqtisodiy xavfsizligi va investitsion erkinlik o‘rtasidagi muvozanatning zamonaviy xalqaro korporativ huquqdagi ahamiyati ilmiy asosda ochib berilgan. Tadqiqot natijasida transchegaraviy qo‘shilish va sotib olish operatsiyalarini samarali tartibga solish uchun milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish, kollizion normalarni takomillashtirish hamda investorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.
Mazkur tadqiqot natijalari xalqaro korporativ munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda milliy manfaatlar va investorlar huquqlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga xizmat qilishi bilan ilmiy-amaliy аҳамият kasb etadi.
References
1. United Nations Commission on International Trade Law. UNCITRAL Model Law on Cross-Border Insolvency with Guide to Enactment and Interpretation. New York: United Nations Publications, 2014.
2. Organisation for Economic Co-operation and Development. OECD Principles of Corporate Governance. Paris: OECD Publishing, 2015.
3. World Trade Organization. World Trade Report: Trade, Investment and Development. Geneva: WTO Publications, 2023.
4. Philip R. Wood. Principles of International Insolvency. 2nd ed. London: Sweet & Maxwell, 2007.
5. Paul L. Davies. Gower and Davies’ Principles of Modern Company Law. 10th ed. London: Sweet & Maxwell, 2016.
6. Reinier Kraakman va boshqalar. The Anatomy of Corporate Law: A Comparative and Functional Approach. 3rd ed. Oxford: Oxford University Press, 2017.
7. Klaus J. Hopt. Comparative Corporate Governance: The State of the Art and Emerging Research. Oxford: Clarendon Press, 1998.
8. Andrew T. Guzman. How International Law Works: A Rational Choice Theory. Oxford: Oxford University Press, 2008.
9. International Centre for Settlement of Investment Disputes. ICSID Convention, Regulations and Rules. Washington D.C., 2022.
10. European Union. Directive on Cross-Border Mergers of Limited Liability Companies. Brussels, 2017.