BADIIY IJODIY QOBILYATNI RIVOJLANTRISHDA BOLALAR FOLKULORINI O'RNI
Keywords:
bolalar folklori, badiiy-ijodiy qobiliyat, boshlang‘ich ta’lim, kreativ tafakkur, estetik did, mantiqiy fikrlash, pedagogik tajriba, milliy qadriyatlar, nutq madaniyati, tasavvur olami.Abstract
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda milliy qadriyatlar zanjiri hisoblangan bolalar folklorining pedagogik-psixologik imkoniyatlari atroflicha yoritilgan. Bugungi raqamli texnologiyalar va global axborotlashuv asrida o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularning ichki ijodiy salohiyatini hamda estetik didini yuzaga chiqarish ta’lim tizimining eng muhim strategik vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tadqiqot doirasida xalq og‘zaki ijodi namunalari, xususan, ertaklar, topishmoqlar, tezaytishlar va xalq o‘yinlarining bolalar tasavvuri, tili, mantiqiy tafakkuri hamda nostandart qarorlar qabul qilish (kreativlik) ko‘nikmalariga ta’siri maxsus ishlab chiqilgan pedagogik eksperiment asosida tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishlari davomida boshlang‘ich sinf darslariga folklor elementlarini tizimli va metodik jihatdan to‘g‘ri integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning badiiy faolligini, nutq boyligini hamda majoziy fikrlash darajasini sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjudligi ilmiy jihatdan asoslandi. Olingan yakuniy natijalar va empirik ma’lumotlar bolalar folklorining nafaqat estetik tarbiya vositasi, balki shaxsning intellektual va ijodiy o‘sishini harakatga keltiruvchi universal pedagogik mexanizm ekanligini tasdiqlaydi. Maqola yakunida boshlang‘ich ta’lim dasturlarini mazkur yo‘nalishda takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
References
1. Jahongirov, G. (1975). O‘zbek bolalar folklori. O‘qituvchi.
2. Mirziyoyev, Sh. M. (2020). Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari. O‘zbekiston.
3. Musurmonov, R., & Musurmonova, O. (2021). Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya.
4. Razzoqov, H., Toshmatov, S., & Shomaqsudov, Sh. (1980). O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. O‘qituvchi.
5. Safarov, O. (1984). O‘zbek bolalar she’riyati va folklori. Fan.
6. Safarov, O. (2008). O‘zbek bolalar folklori antonologiyasi. O‘qituvchi.
7. Shomaqsudov, Sh., & Shorahmedov, Sh. (2001). Hikmatlar xazinasi: O‘zbek maqollari va matallari lutfi. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
8. Vygotsky, L. S. (2004). Imagination and creativity in childhood. Journal of Russian & East European Psychology, 42(1), 7–97. https://doi.org/10.1080/10610405.2004.11059210
9. Yo‘ldoshev, Q. (2006). Badiiy tahlil asoslari. Kamalak.
10. Yusupova, Sh. (2019). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlashini shakllantirishda xalq ertaklarining o‘rni. Pedagogika va Psixologiya, 3(2), 45–51.