O‘ZBEK AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGIDA HOMIY PIRLAR INSTITUTI: KASBIY AN’ANALAR VA MAROSIMIY QARASHLAR

O‘ZBEK AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGIDA HOMIY PIRLAR INSTITUTI: KASBIY AN’ANALAR VA MAROSIMIY QARASHLAR

Authors

  • Ma'murov Dilshodbek Tillavoldi o‘g‘li Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining stajor tadqiqotchisi

Keywords:

o‘zbek hunarmandchiligi, homiy pirlar instituti, kasbiy an’analar, usta-shogird, risola, kasbiy axloq, marosim, kulolchilik, temirchilik, zargarlik, zardo‘zlik, naqqoshlik, xalq amaliy san’ati.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy hunarmandchiligi tizimida shakllangan homiy pirlar instituti, uning hunarmandlar hayotidagi ma’naviy, ijtimoiy va kasbiy ahamiyati hamda turli hunar tarmoqlari bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlar tahlil qilinadi. Hunarmandchilik muhitida pir tushunchasi faqat diniy e’tiqod doirasidagi hodisa bo‘lmay, kasbning tarixiy kelib chiqishi, ustoz-shogird an’anasi, kasbiy axloq, mehnat madaniyati, jamoaviy birdamlik va marosimiy amaliyotlar bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan. Yozma manbalar, hunarmandchilik risolalari, etnografik materiallar hamda xalq orasida saqlanib kelgan rivoyatlar asosida kulolchilik, temirchilik, zargarlik, zardo‘zlik, tikuvchilik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi va boshqa hunar tarmoqlarida muayyan shaxslarning kasbiy homiy sifatida e’zozlangani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, homiy pirlar haqidagi tasavvurlarning hududiy jihatdan farqlanishi, ularning usta-shogird tizimi bilan aloqasi hamda fotiha, bag‘ishlov, xudoyi, sadaqa va boshqa marosimlar orqali namoyon bo‘lishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari homiy pirlar institutini o‘zbek hunarmandchiligining kasbiy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi muhim tarixiy-etnografik hodisa sifatida baholash imkonini beradi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 3-oktabrdagi PF–5841-sonli “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.// lex.uz / docs /4535422

2. Кулолчилик рисоласи // Туркистон вилоятининг газети, 1887. – № 4. – Б. 4.

3.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. “Hunarmandchilik”, “Pir” maqolalari. Toshkent, 2004.

4. Bulatov S. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati. Toshkent.

5. Suxareva O.A. Позднефеодальный город Бухара. Москва.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlari.

Downloads

Published

2026-10-03
Loading...