ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA NARKOTIK VA GIYOHVAND MODDALAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN JINOYATLARNI FOSH ETISH

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA NARKOTIK VA GIYOHVAND MODDALAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN JINOYATLARNI FOSH ETISH

Авторы

  • Murodaliyev Abdukabir Mahmudjon o‘g‘li IIV Akademiyasi kursanti

Ключевые слова:

narkotik vositalar, giyohvandlik, jinoyatni fosh etish, ichki ishlar organlari, kontrabanda, tezkor-qidiruv, profilaktika, jinoyatchilikka qarshi kurash, texnik vositalar, xalqaro hamkorlik.

Аннотация

Narkotik va psixotrop moddalar bilan bogliq jinoyatlar zamonaviy davrda jahon miqyosida dolzarb va xavfli muammo sifatida etirof etilmoqda. Ozbekiston Respublikasi ham mazkur tahdidlardan xoli emas. Davlatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni tarqatish, saqlash, istemol qilish va kontrabanda yollari bilan olib kirish bilan bogliq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Ushbu holat ichki ishlar organlarining narkojinoyatchilikka qarshi kurashishdagi roli va vazifalarini yanada kuchaytirishni, zamonaviy texnologiyalar, tezkor-qidiruv faoliyatini optimallashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Mazkur maqolada ichki ishlar organlari tomonidan narkotik vositalar bilan bogliq jinoyatlarni aniqlash, ularni fosh etish va oldini olish boyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar chuqur tahlil qilinadi. Shu jumladan, tezkor-qidiruv va profilaktik ishlarning uslubiy yondashuvlari, statistik korsatkichlar, qonunchilikdagi islohotlar va jinoyatchilik dinamikasining xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, ichki ishlar xodimlarining kasbiy tayyorgarligi, ixtisoslashtirilgan bolinmalarning roli, zamonaviy texnik vositalardan foydalanish samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Tahlillarga asoslangan holda, mavjud muammolar, jumladan, tezkor malumot almashinuvi tizimining yetarlicha ishlamasligi, ayrim hududlarda malakali kadrlar tanqisligi, giyohvand moddalar oqimini aniqlashda texnik jihozlarning yetishmovchiligi kabi masalalarga etibor qaratiladi. Shuningdek, ilgor xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqiladi. Jumladan, “giyohvandlikka qarshi kurashishmilliy platformasini yaratish, profilaktik va rehabilitatsion dasturlarni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish kabi yonalishlar asosiy takliflar sirasiga kiradi. Maqola yakunida, ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi samarali kurashishi uchun qonunchilikni yanada takomillashtirish, tezkor-texnik vositalarni modernizatsiyalash, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro tajribadan foydalanish zarurligi xulosa qilinadi. Shu bilan birga, giyohvandlikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki butun jamiyat zimmasidagi vazifa ekanligi alohida takidlanadi.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

Sobirov F.B. “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida jinoyatlarni fosh etish metodikasi”. – Toshkent: TIFA, 2020.

Giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashda zamonaviy texnologiyalarning roli // “Kriminalistika va sud ekspertizasi” ilmiy-amaliy jurnali. – 2022, №3.

Опубликован

2025-05-01
Loading...