ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA FIRIBGARLIK JINOYATLARINI FOSH ETISH MASALALARI

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA FIRIBGARLIK JINOYATLARINI FOSH ETISH MASALALARI

Авторы

  • Hakimova Zarnigor Aflotun qizi IIV Akademiyasi kursanti

Ключевые слова:

firibgarlik, ichki ishlar organlari, tergov, jinoyatlarni fosh etish, raqamli firibgarlik, hujjatlashtirish, ekspertiza, huquqiy ong, sun’iy intellekt, huquqni muhofaza qilish

Аннотация

Firibgarlik jinoyatlari zamonaviy jamiyatda eng kop tarqalgan va ichki ishlar organlari tomonidan kop uchraydigan huquqbuzarlik turlaridan biridir. Ular kopincha iqtisodiy manfaat olish maqsadida amalga oshiriladi va fuqarolar, tadbirkorlar hamda davlat organlariga katta moddiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada firibgarlik jinoyatlarining huquqiy-tushunchaviy mohiyati, ularning asosiy turlari, amalga oshirish mexanizmlari va ichki ishlar organlari tomonidan bu jinoyatlarni aniqlash va fosh etishning samarali usullari yoritilgan. Maqolada shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, ularni tez va toliq ochish, firibgarlik sodir etishda qollaniladigan yangi texnologiyalarni aniqlash, hujjatlashtirish va ekspertizadan otkazish masalalari atroflicha tahlil etilgan. Songgi yillarda yuzaga kelayotgan raqamli firibgarlik (internet orqali amalga oshiriladigan aldov) holatlari, plastik kartochkalar orqali firibgarlik, moliyaviy piramidalarning jinoyat tarkibi kabi muammolar ham korib chiqiladi. Ichki ishlar organlari faoliyatida zamonaviy texnologiyalar, suniy intellekt, analitik dasturlar va malumotlar bazasi bilan ishlashning ahamiyati alohida takidlanadi. Mazkur vositalar firibgarlik jinoyatlarining izlarini aniqlash, isbotlash va ularni tez fosh etishda muhim rol oynaydi. Shu bilan birga, tergov va surishtiruv organlari ortasida axborot almashinuvini kuchaytirish, firibgarlik jinoyatlarining takrorlanishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda yuzaga keladigan muammolarqonunchilikdagi boshliqlar, hujjatlarni soxtalashtirish, isbotlash vositalarining yetishmasligi kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolar ortasida hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish orqali firibgarlikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish mumkinligi korsatiladi.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

Sobirov F.B. Kriminalistikada zamonaviy yondashuvlar. – Toshkent: O‘zbekiston Yuridik nashriyoti, 2021.

Axmedov Z. Firibgarlik jinoyatlari va ularning tergov xususiyatlari. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar, 2020.

Jalilov S. Jinoyatchilikka qarshi kurashda ichki ishlar organlarining o‘rni. // “Huquq va jamiyat” jurnali. – 2023, №2. – B. 15–21.

Опубликован

2025-05-01
Loading...