BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA LINGVISTIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASINING SAMARADORLIGI
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, ona tili, lingvistik kompetensiya, til kompetensiyasi, nutqiy faoliyat, grammatik bilim, lug‘at boyligi, imlo, lingvistik mashqlar, interfaol metodlar, nutqiy ko‘nikma, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolamizda boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Lingvistik kompetensiya o‘quvchining til birliklarini anglash, ularning ma’nosi va vazifasini farqlash, grammatik me’yorlardan foydalanish, so‘z va gaplarni to‘g‘ri tuzish hamda o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda aniq ifodalash qobiliyatlari bilan bog‘liq holda talqin etilgan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida fonetika, leksika, grammatika, so‘z yasalishi, imlo va bog‘lanishli nutq ustida ishlashning o‘zaro uzviyligi tahlil qilingan. Shuningdek, muammoli vaziyat, savol-javob, taqqoslash, guruhli va juftlikdagi ish, lingvistik mashqlar, matn bilan ishlash hamda ijodiy topshiriqlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada lingvistik kompetensiyani shakllantirish samaradorligini baholashda faqat nazariy bilimni emas, balki o‘quvchining til birliklaridan amaliy nutqiy vaziyatlarda foydalana olish qobiliyatini ham hisobga olish zarurligi asoslangan.
References
1. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: Noshir, 2009.
2. Matchonov S., Bakiyeva H., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Xolboyeva G. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: Ishonchli hamkor, 2021.
3. Qahhorova A.Sh. Ona tili, o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma, 2026.
4. Mo‘minova G‘.G. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish texnologiyasi. Avtoreferat, 2025.
5. Kuranbayeva X.A. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini metodik takomillashtirish (ona tili va o‘qish savodxonligi darslari misolida). Avtoreferat, 2025.