RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BUXORO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDA YER DEGRADATSIYASINI MONITORING QILISH VA BAHOLASH
Keywords:
yer degradatsiyasi, sho‘rlanish, masofadan zondlash, Sentinel-2, GIS, sug‘oriladigan yerlar, Buxoro viloyati, LDN.Abstract
Ushbu tadqiqot Buxoro viloyati sug‘oriladigan yerlarida yer degradatsiyasi, xususan ikkilamchi sho‘rlanish jarayonlarini raqamli texnologiyalar yordamida monitoring qilish va baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, NDVI, NDWI, NDSI va Salinity Index (SI) kabi spektral indekslar hamda GIS (ArcGIS/QGIS) texnologiyalaridan foydalanilgan. Buxoro viloyatida sug‘oriladigan yerlarning 86% ga yaqini turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, bu yer unumdorligining pasayishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligining kamayishiga olib kelmoqda. Tadqiqot natijalarida 2018–2025 yillar oralig‘idagi degradatsiya dinamikasi tahlil qilingan, sho‘rlanishning kuchaygan hududlari xaritalangan va erta ogohlantirish mexanizmlari taklif etilgan. Olingan raqamli monitoring tizimi yer degradatsiyasini samarali boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va Land Degradation Neutrality (LDN) maqsadlariga erishishda muhim vosita sifatida baholangan. Natijalar amaliyotda qo‘llanilishi viloyatdagi sug‘oriladigan yerlarning barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi. – Toshkent, 1998
2. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to‘g‘risida Milliy hisobot. - Toshkent: Davergeodezkadastr qo‘mitasi
3. O‘zdaverloyiha instituti DILI Buxvilerloyiha bo‘linmasi ma‘lumotlari
4. .R.A.Turayev, G‘.T.Parpiyev, Xojiyev Q.M. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar monitoringini yuritish metodologiyasi. - Toshkent: «Zilol buloq» nashriyoti, 2020
5. Babajanov A. Cheklangan suv taqsimoti sharoitida fermer xo‘jaliklari yerlarining ishlab chiqarish qobilyatini baholash // Monografiya. T.: 2020. 110-b.