PARTENOGENETIK KLONLAR ASOSIDA OLINGAN TUT IPAK QURTI DURAGAYLARINING REPRODUKTIV, BIOLOGIK VA TEXNOLOGIK KO‘RSATKICHLARI
Keywords:
tut ipak qurti, partenogenetik klon, duragay, seleksiya, tuxum mahsuldorligi, qurtlar hayotchanligi, pilla, ipakchanlik, xom ipak, ipak tolasi.Abstract
Ushbu maqolada partenogenetik 5140PK va 153PK klonlarini Ipakchi-3, Ipakchi-4 hamda Ipakchi-5 zotlari bilan chatishtirish orqali olingan duragaylarning muhim xo‘jalik ko’rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot 2021-2023-yillarda olib borilib, duragaylarning reproduktiv ko‘rsatkichlari, qurtlar hayotchanligi, pilla mahsuldorligi va ipak tolasining texnologik ko’rsatkichlari Ipakchi-1 x Ipakchi-2 qiyoslovchi duragayi bilan taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, 5140PK x Ipakchi-4 duragayi tuxumlar soni va massasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Qurtlar hayotchanligi 5140PK x Ipakchi-3 duragayida 93,8 foizni tashkil etib, qiyoslovchidan 5,4 foiz band yuqori bo‘ldi. Tirik pilla va pilla qobig‘i vazni bo‘yicha 153PK x Ipakchi-4 duragayi ajralib turdi. Ipak tolasining texnologik xususiyatlari tahlil qilinganda, 5140PK x Ipakchi-3 duragayida xom ipak chiqishi 42,69 foiz, ipak mahsulotlari chiqishi 45,11 foiz va tolaning umumiy uzunligi 1220 metrga yetgani aniqlandi. Olingan natijalar partenogenetik klonlardan tut ipak qurti seleksiyasida foydalanish sermahsul va sifatli ipak tolasi beradigan yangi duragaylarni yaratishda yaxshi samara berishini ko‘rsatdi.