TOG‘-KON METALLURGIYA KOMBINATI SHAROITIDA YUQORI KONSENTRATSIYALI DISPERS SISTEMALARNI GIDROTRANSPORT QILISH PARAMETRLARINI EKSPERIMENTAL TADQIQ ETISH
Keywords:
gidrotransport, dispers sistema, gidroaralashma, qattiq faza konsentratsiyasi, quvur, bosim yo‘qotilishi, kritik tezlik, gidravlik qarshilik, tog‘-kon metallurgiya kombinati.Abstract
Mazkur maqolada tog‘-kon metallurgiya kombinatlarida hosil bo‘ladigan yuqori konsentratsiyali dispers sistemalarni, xususan, mineral xomashyo maydalash va boyitish jarayonlaridan hosil bo‘luvchi gidroaralashmalarni quvur transportida tashish jarayonining asosiy gidravlik parametrlarini eksperimental tadqiq etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlarda qattiq faza konsentratsiyasi, zarracha o‘lchami, gidroaralashma zichligi, oqim tezligi, bosim yo‘qotilishi va gidravlik qarshilik koeffitsientining o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Tajriba natijalari asosida yuqori konsentratsiyali dispers sistemalarning quvur bo‘ylab harakatlanish rejimlari, kritik transport tezligi va energiya sarfiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Olingan natijalar tog‘-kon metallurgiya korxonalarida gidrotransport tizimlarini loyihalash, mavjud quvurlarni optimallashtirish hamda nasos agregatlarining ish rejimlarini tanlashda foydalanish mumkin.
References
1. Aleksandrov V. I., Vasileva M. A. Hydraulic transportation of thickened tailings of iron ore processing at Kachkanarsky GOK based on results of laboratory and pilot tests of hydrotransport system // Journal of Mining Institute. – 2018. – Vol. 233. – P. 471–479.
2. Wu A., Wang Z., Ruan Z., Wu P. Advances in tailings thickening: A rheology-oriented review of theory and practice // International Journal of Minerals, Metallurgy and Materials. – 2026. – Vol. 33, No. 7. – P. 2098–2113. – DOI: 10.1007/s12613-026-3426-5.
3. Boger D. V. Rheology and the resource industries // Chemical Engineering Science. – 2009. – Vol. 64. – P. 4525–4536.
4. Jewell R. J., Fourie A. B. Paste and Thickened Tailings – A Guide. – Perth: Australian Centre for Geomechanics, 3rd ed., 2015.
5. Bőhm J., Debreczeni Á., Faitli J., Gombkötő I. et al. High-concentration hydraulic transport of tailings // Land Contamination & Reclamation. – 2007. – Vol. 15, No. 2. – P. 195–217. – DOI: 10.2462/09670513.853.
6. Durand R. The hydraulic transportation of coal and other mineral particles // Proceedings of the Institution of Civil Engineers. – 1953. – Vol. 2. – P. 3–45.